
Fotih Duman
20 ta mavjud
Nafs - zahardir, nafs - dushmandir... U hech qachon tin olmaydi... Sizning ham ichingizda bir ovoz siz bilan gaplashadimi? Siz jim bo‘lgan paytingizda ham u gapiraveradi, shundaymi? Quloqlaringizga nimalarnidir pichirlaydimi? Yolg'iz qolgan paytingizda bu g'alati ovoz siz bilan so‘zlashadimi?
Ichimda bir ovoz bor. Dunyoga kelganimdan beri oʻzimniki deb bilganim — oʻsha ovoz... U hech toʻxtamaydi, doimo shivirlab turadi. Kimdir uni “ichki ovoz” desa, yana kimdir uni “menlik” deb ataydi, ammo eskilar uni “nafs” deb bilgan. Nafs — zahar, nafs — dushman. U hech qachon tin olmaydi... Sizning ham ichingizda bir ovoz siz bilan gaplashadimi? Siz jim turganingizda ham u gapiraveradimi? Qulogʻingizga nimanidir pichirlaydimi? Yolgʻiz qolganingizda bu gʻalati ovoz sizga hamroh boʻladimi? Men siz bilan dardlashadigan mana shu nafs haqida hikoya qilmoqchiman. Shunday ekan, bu kitobni nafsingiz tilidan soʻzlangan bir hikoya sifatida qabul qiling. Ammo bilingki, qalbimizga vasvasa soladigan ham nafsdir. Bizni aldab yoʻldan ozdiradigan ham nafsdir. Agar ichingizdagi bir ovoz sizga: “Bu kitobni oʻqima!” desa, bilingki, bu ham oʻsha nafsning ovozidir. Gapirishdan koʻra yozish osonroq tuyuladi. Shunday boʻlsa-da, men jim qoldim va faqat yozdim. Har bir sahifani siz uchun, aynan siz uchun qoraladim. “Har bir kitobning oʻz egasi bor”, deydilar. Balki bu kitobning egasi aynan siz boʻlsangiz ajab emas.